Futzal. O'zbekiston – Yaponiya. Tarkibimiz ma'lum

Tolibjon Qosimov
5 fev 2018
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun, 5 fevral kuni Osiyo chempionati guruh bosqichidagi uchinchi uchrashuvini o'tkazadi.

Vakillarimiz bugun Yaponiya bilan kuch sinashadi. Bu o'yin guruh g'olibini aniqlab beradi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o'yinni qaysi to'rtlik birinchi bo'lib boshlashini e'lon qildi.

Futzal bo'yicha OCH–2018
3-tur uchrashuvi
5 fevral, dushanba

13:30. O'zbekiston – Yaponiya

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 14.Konstantin Sviridov, 11.Artur Yunusov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 4.Ixtiyor Ropiev, 9.Davron Abdurahmonov, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod Shavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov, 10.Davron Choriev.



Bugungi uchrashuv "University of Taipei Gymnasium" sport majmuasida o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasi yaponlarga qarshi ko'k formada o'ynaydi. Yaponiya esa bugungi o'yinga oq liboslarni tanlagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia