Futzal. O'zbekiston Tojikistonni bu gal kichik hisobda mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2025
O'zbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Bellashuv to'liqligicha o'zbekistonliklar ustunligida o'tdi. Birinchi uchrashuv bilan solishtirganda chuqurroq himoyalangan mehmonlar asosiy e'tiborni himoyaga qaratishdi. 

Shunga qaramay, ketma-ket hujumlar o'z samarasini berdi. Ikkinchi bo'limning o'rtalarida shu kabi hujumlarning navbatdagisini Bexruz Samiev ijobiy yakunladi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston 1:0 Tojikiston

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti zali

Gol: Bexruz Samiev 31'

O'zbekiston (asosiy beshlik): 1.Shavkat Ibragimov, 5.Shahzod Sadiev, 8.Husniddin Nishonov, 11.Muzaffar Ahadjonov, 13.Eldor Nigmatov.

Zaxira: 12.Abbos Elmurodov, 2.Mekhroj Yunusov, 3.Mashrab Odilov, 4.Artur Umurov, 6.Ilkhom Hamroev, 7.Behruz Samiev, 9.Davlat Ibragimov, 10.Akbar Usmonov, 14.Orzujon Asqarov, 

Tojikiston (asosiy beshlik): 1.Bozmamadov Firuz, 7.Rajabov Muhammad, 8.Idiev Nekruz, 4.Ismoilov Nasratshoh, 5.Rizomov Samandar.

Zaxira: 2.Jabarov Nuriddin, 3.Inoyatov Shahzod, 9.Amrokhonov Ramz, 10.Rahmatov Parviz, 11.Vositzoda Iqboli, 13.Xoliqnazarov Xusrav, 17.Mahmadshoev Mehrojiddin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia