Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Tojikistonga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2017, 16:59
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu yilning 5–6 avgust kunlari Tojikiston termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

O'rtoqlik o'yinlari Tojikistonning Xo'jand shahrida bo'lib o'tadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz Xo'jandga 4 avgustda yo'l oladi.

Bo'lajak o'yinlar O'zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo'lib o'tadigan 2017 yilgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Ma'lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o'yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o'tkaziladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz