

Futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi
BMB – OKMK
Toshkent. "Yunusobod" sport majmuasi. 19:00
Hakamlar: Nikita Afinogenov, Anatoliy Rubakov, Husniddin Bahodirov, Umid Po'latov, Baxtiyor Namozov
Nodir Eliboev (BMB bosh murabbiyi):
"OKMKga qarshi bahslar doim qiyin kechgan. Bu safar ham mustasno bo'lmasligi aniq. Bizni kurashlarga boy uchrashuv kutib turibdi".
Aleksandr Petrov (OKMK bosh murabbiyi):
"Jamoa o'zagini saqlab qoldik va ikki nafar futzalchini safimizga qo'shib oldik. Raqib safida MTJ a'zolari va braziliyalik kuchli legoinerlar to'p tepadi. Ushbu uchrashuvga tashrif buyuruvchi muxlislar futzaldan zavq olishadi".



