Futzal. O'zbekiston 2016 yilgi Osiyo chempionatini Toshkentda o'tkazish uchun ariza topshirdi

Tolibjon Qosimov
9 okt 2014, 12:20
Bu yil futzal bo'yicha XIII Osiyo chempionati Vetnamning Xo Shi Min shahrida o'tkazilgan va unda O'zbekiston milliy terma jamoasi bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Hisob bo'yicha XIV Osiyo chempionati 2016 yilda bo'lib o'tadi. O'zbekiston Futzal Assotsiatsiyasi ana shu qita birinchiligini Toshkentda o'tkazish uchun rasman ariza topshirdi. XIV Osiyo chempionatining muhim tarafi shundaki, unda terma jamoalar Jahon chempionatiga to'rtta yo'llanmani qo'lga kiritish uchun ham kurash olib boradilar. Futzal bo'yicha navbatdagi Jahon chempionati ham aynan 2016 yilda Kolumbiyada bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston bungacha qita birinchiligiga ikki marta mezbonlik qilgan va har ikkisida ham finalga chiqqan. Afsuski, o'sha yillardagi Osiyo chempionatida mundial yo'llanmalari o'ynalmagan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia