Futzal. Osiyo chempionatiga qur'a 25 may kuni tashlanadi

Mirjalol Normatov
21 may 2022, 23:12
Bugun Malayziyada futzal bo'yicha Osiyo Kubogiga saralash o'yinlari yakuniga etadi.

Biroq ushbu mintaqadan final bosqichida ishtirok etadigan barcha uch ishtirokchining nomi aniq bo'lib ulgurgan: Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy Taypeyi.

Osiyo chempionati-2022ga qur'a tashlash marosimi 25 may kuni bo'lib o'tadi. Turnirning o'zi esa 25 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar Quvaytda tashkillashtiriladi.

Ayni damga kelib, qur'a savatchalari shunday ko'rinish olgan:

1-savatcha
Quvayt
Eron
Yaponiya
O'zbekiston

2-savatcha
Iroq
Vetnam
Tailand
Livan

3-savatcha
Janubiy Koreya
Xitoy Taypeyi
Tojikiston
Bahrayn

4-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Ummon
Turkmaniston

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia