Futzal. JCHga yo'llanma beradigan Osiyo chempionati saralashiga qur'a tashlandi

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2019, 14:44
Futzal bo'yicha navbatdagi qita birinchiligi 2020 yil Turkmanistonda bo'lib o'tadi.

Biroz avval OFKning Kuala-Lumpurdagi shtab kvartirasida Osiyo chempionati saralash bellashuvlariga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi Markaziy & Janubiy zonaning "A" guruhida kurash olib boradi. Asosiy o'yinlarga chiqish uchun Bahodir Ahmedov shogirdlari Tojikiston, Nepal va Afg'oniston terma jamoalari bilan bellashishadi.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari

Markaziy & Janubiy zona

"A" guruhi

O'zbekiston

Tojikiston

Nepal

Afg'oniston

"B" guruhi

Eron

Qirg'iziston

Turkmaniston


Saralash o'yinlari qaysi davlatlarda o'tishini rasman e'lon qilinganicha yo'q. Ammo, olgan ma'lumotlarimizga ko'ra biz ishtirok etadigan Markaziy & Janubiy zonadagi saralash o'yinlariga Eron mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Ushbu Osiyo chempionati Jahon chempionati-2020ga yo'llanma ham beradi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi oxirgi uchta Osiyo chempionatida sovrindor bo'lib kelmoqda (2014 yil Vetnamda bronza, 2016 yil Toshkentda kumush va 2018 yil Xitoy Taypeyida bronza).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia