

Matbuot anjumanida "A" va "V" guruhlaridagi jamoalar bosh murabbiylari ishtirok etadi.
Ma'lumot uchun, “A” guruhidan O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Livan hamda Qirg'iziston jamoalari o'rin olgan bo'lsa, “V” guruhida Iordaniya, Xitoy, Iroq hamda Eron jamoalari joylashgan.
Takidlash kerakki, matbuot anjumanida, shuningdek, jurnalistlar uchun akkreditatsiya ham tarqatiladi.
Mehmonxonaga kirish guvohnoma/pasport bo'yicha. Akkreditatsiyalarni olish uchun jurnalistlarga guvohnoma kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha XIV Osiyo chempionatiga Toshkent mezbonlik qilmoqda. Ushbu turnir 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqada eng yuqori besh o'rinni qo'lga kiritgan jamoa shu yilning sentyabr oyida Kolumbiyada o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.



