Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2000. "Yangi qirol"

Tolibjon Qosimov
26 avg 2021
Shu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. Shu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etib borayapmiz. 

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1996. "Engilmas qurol"

JCH-2000

Mini futbol bo'yicha to'rtinchi Jahon chempionati 2000 yili Gvatemalada o'tkazildi. 18 noyabrdan 3 dekabrga qadar davom etgan mundial tarixda o'ziga xos burilish yasadi. Sababi, muxlislar yangi chempionni ko'rishga muvaffaq bo'lishdi. Braziliyaning gegemonligiga Ispaniya chek qo'ya oldi. "Qizil furiya" 4 yil oldin finalda uchralgan mag'lubiyat uchun finalda o'ch oldi va tarixiy natijani qayd etdi. Rossiya bu safar bronza uchun o'yinda imkoniyatni boy berdi, Portugaliya ruslarni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu musobaqani umumiy hisobda 94179 nafar muxlis bevosita arenalardan kuzatib bordi.

Ushbu mundialda ham 4 yil avvalgisida bo'lgani kabi braziliyalik Manoel Tobias eng yaxshi to'purarlikni ham, eng yaxshi o'yinchi nomini ham o'ziniki qiladi. Shuningdek, keyinchalik futzalning yorqin yulduziga aylangan Falkao ham aynan Gvatemalada Jahon chempionatlaridagi debyutini nishonlagan.



JCH-2000, Final
03.12.2000, "Domo Polideportivo" sport saroyi
Bosh hakam: Novak Ivan (Xorvatiya)
Muxlislar: 7568

Ispaniya - Braziliya 4:3
Gollar:
Daniel 2 (pen.), Xavi Sanches 20, Xavi Rodriges 36, 39 - Anderson 18, Manuel Tobias 30, Vander Karioka 35

Ispaniya: Jesus, Julio, Santi, Adeva, Orol, Xavi Sanches, Xavi Rodriges, Paulo Roberto, Riker, Daniel.

Braziliya: Lavozier, Anderson, Andre, Manoel Tobias, Finino, Shumaxer, Indio, Lenisio, Falkao, Vander Karioka.

Ogohlantirishlar: Santi 16, Orol 26 - Lenisio 2, Anderson 18, Indio 28



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2000
O'tkazilgan joyi:
Gvatemala
O'tkazilgan shaharlar: 1 (Gvatemala siti)
O'tkazilgan sanasi: 18 noyabr - 3 dekabr, 2000 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 94179 (har o'yinga 2354)
Urilgan gollar: 302 (har o'yinga 7.55ta gol)
To'purar: Manoel Tobias (Braziliya, 19ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Manoel Tobias (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya

Sovrindorlar
Chempion
- Ispaniya
Ikkinchi o'rin - Braziliya
Uchinchi o'rin - Portugaliya
To'rtinchi o'rin - Rossiya


Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia