Futzal. "Lokomotiv"ning Osiyo chempionatidagi raqiblari ma'lum

Narzulla Saydullayev
23 may 2014, 08:14
Xitoyning Chendju shahrida bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichiga qur'a tashlandi.
Unga ko'ra O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi "A" guruhidan o'rin oldi.

Ushbu guruhdan "Nagoya Oushens" (Yaponiya), "Shenjen Nanling" (Xitoy) va "Vik Vipers" (Avstraliya) klublari joy olishdi.

"B" guruhidan quyidagi klublar o'rin oldi: "Chonburi Vluveyv" (Tailand), "Dabri Tabriz" (Eron), "Bank Bayrut" (Livan), "Al Qodisiya" (Quvayt).

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionati shu yilning 25-30 avgust kunlari bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia