Futzal. "Lokomotiv" chempionga yutqazdi

Tolibjon Qosimov
1 avg 2015
Kecha Eronning Isfaxon shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.

Musobaqada O'zbekistonning o'tgan yilgi chempioni sifatida ishtirok etayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi birinchi turda amaldagi g'olib "Nagoyya Oushenz" (Yaponiya) klubiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Temiryo'lchilar" guruhdagi ikkinchi o'yinni bugun Qirg'izistonning "Emgek" jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
31.07.2015, "Nagshe Jahan Stadium", Isfaxon
"Nagoyya Oushens" - "Lokomotiv" 5:2
Hakam: Truong Kuos Dung (Vetnam)
Yordamchi hakamlar: Kris Kolley (Avstraliya), Liu Jiangkiao (Xitoy)
Gollar: Y.Sakai 3, 19, X.Ryuta 22, M.Maedonshi 32, Pedro 34

"Nagoyya Oushens": 1.Shinoda Ryuma, 4.Yoshio Sakai, 9.Kaoru, 14.Pedro Alexandre Silva da Kosta, 15.Tomoki Yoshikava.
Zahiradan tushganlar: 13.Yazava Daimu, 6.Takumi Okajima, 2.Tamura Kento, 3.Vataru Kitaxara, 5.Xoshi Ryuta, 7.Yagi Kiyoto, 8.Saito Koichi, 12.Matias Maedonshi, 16.Yusuke Nakamura.

"Lokomotiv": 12.Akmal Xazratqulov, 11.Majid Tikdarinajod, 14.Shokir Xodiev, 15.Aleksandr Shin, 17.Shuhrat Ahmedov.
Zahiradan tushganlar: 1.Oripxo'ja Akbarxo'jaev, 9.Toxir Abdurazzoqov, 7.Feruz Faxriddinov, 6.Farhod Mirahmedov, 5.Sanjar Ziyoxonov, 8.Sarvar Shoahmedov, 10.Iskandar Xolmatjonov, 3.Ilhom Sharipov, 13.Oybek Polvonov.

Ogohlantirishlar: SH.Ryuma 16 - S.Ziyoxonov 17

Eslatib o'tamiz, guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallagan jamoalar chorak finalda kurashni davom ettirishadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia