

Bu yilgi bahslarda O'zbekiston nomidan mamlakatimiz chempioni "Olmaliq" jamoasi ishtirok etadi.
Musobaqani o'sha yerdan yoritib borishni istagan OAV vakillari uchun 1 iyundan akkreditatsiya jarayoni boshlandi. Akkreditatsiyadan OFK rasmiy saytining media kanali orqali o'tishingiz mumkin. Akkreditatsiyadan o'tishning oxirgi kuni 10 iyul.
Eslatib o'tamiz, musobaqada 12 jamoa 4 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradi.
"A" guruhi: "Chonburi Blyuveyv" (Tailand), "Nagoya Oushens" (Yaponiya), "Vik Vipers" (Avstraliya).
"B" guruhi: "Tasisat Daryoi" (Eron), "Al Mayadin" (Livan), "Olmaliq" (O'zbekiston).
"C" guruhi: "Nafit Al Vasat" (Iroq), "Dalian Yuan Dinasti" (Xitoy), "Dibba Al Xissin" (BAA).
"D" guruhi: "Sanna Kan XOA" (Vetnam), "Al Sadd" (Qatar), "Taipover" (Xitoy Taypei).



