Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. "C" guruhidan Eron va Yaponiya chempionlari chorak finalga chiqdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2017, 16:03
Bugun Vetnamda o'tkazilayotgan futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 3-tur bellashuvlariga start berildi.

Musobaqaning "C" guruhida so'nggi tur o'yini bo'lib o'tdi. Unda Eronning "Sanae Giti Pasand" klubi Yaponiyaning "Shriker Osaka" jamoasini qiyinchilik bilan 3:2 hisobida mag'lub etdi va guruhni peshqadam sifatida yakunladi. Yaponlar esa 3 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan holda pley-offga yo'l olishdi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
3-tur
, 24.07.2016
"C" guruhi

"Shriker Osaka" - "Sanae Giti Pasand" 2:3
Gollar:
S.Shibano 1, 30 - M.Savarchi 4, 10, A.Asqar Hasanzoda 40

Ogohlantirishlar: A.Shibonu 3, S.Kakihara 40 - A.Asqar Hasanzoda 6, A.Ismoilpur 9


"C" guruhida turnir jadvalidagi yakuniy holat


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia