Futzal. JCH-2021. Qozog'iston va Venesuela muddatidan oldin pley-offga chiqdi + jadval

Tolibjon Qosimov
17 sen 2021, 11:59
Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

"A" guruhida qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi ikkinchi turda Litva terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Unda Paulo Figeroa boshqaruvidagi Qozog'iston mezbonlarni yirik hisobda taslim qilgan - 3:0. Guruhdagi ikkinchi qarama-qarshilikda esa Venesuela terma jamoasi Kosta-Rikani minimal hisobda engdi. Shu tariqa, bu guruhda Qozog'iston hamda Venesuela terma jamoalari muddatidan oldin pley-off yo'llanmasini naqd qilishdi. So'nggi turda bu jamoalar o'zaro o'yinda guruh g'olibini aniqlab olishadi.

Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021

"A" guruhi

2-tur, 15.09.2021

Kosta-rika - Venesuela 0:1

"Kaunas Arena", Kaunas

Gol: Morillo 18

Ogohlantirishlar: D.Vargas 30 - Teran 28


Litva - Qozog'iston 0:3

"Kaunas Arena", Kaunas

Gollar: Taynan 1, Tursagulov 30, Akbalikov 36

Ogohlantirish: Buchma 13 (Litva)


"A" guruhida 3-tur taqvimi

18.09.2021

22:00. Venesuela - Qozog'iston

22:00. Kosta-Rika - Litva

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia