Futzal. JCH-2016. Portugaliya - O'zbekiston uchrashuvi matnli translyatsiya qilinadi

Tolibjon Qosimov
16 sen 2016, 20:44
Ertaga futzal bo'yicha Jahon chempionatining uchinchi turiga start beriladi.

Dastlabki ikki turda bir ochko jamg'argan O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Portugaliya bilan bellashadi. Vakillarimizni bu o'yinda faqat g'alaba qanoatlantiradi. Mag'lubiyat yoki durang guruhda qolib ketishimizni anglatadi. Xose Mariya Mendez shogirdlari Rikardino boshchiligidagi jamoa bilan ham Kolumbiya bilan bo'lgani kabi chiroyli o'yin namoyish etishlariga ishonamiz. Terma jamoamizning uchinchi o'yini ham odatdagidek CAda matnli translyatsiya qilinadi. O'zbekiston terma jamoasini g'oyibona bo'lsa ham qo'llab-quvvatlang! Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 06:00da boshlanadi.

JCH-2016

"A" guruhi, 3-tur

17.09.2016, 06:00

Medelin, "Kolizeo Ivan de Bedut"

Portugaliya - O'zbekiston


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia