

Unda Argentina terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi. Final uchrashuvidan keyin eng yaxshilar e'lon qilindi. Unga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi sardori Rikardino mundialning eng yaxshi to'purari bo'ldi. U musobaqa davomida 12ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Rossiyalik Eder Lima hamda braziliyalik Falkaolar bir xil 10tadan to'p kiritishdi. Lima 8ta golli pas ham bergani evaziga bu borada ikkinchi bo'ldi, Falkao esa bor yo'g'i bitta golli pas berdi va uchinchi deb topildi.





