Futzal. Ixtiyor Ropiev: “Guruhimiz chakki emas”

Narzulla Saydullayev
9 sen 2021, 12:40
Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi Litvada o'tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Mundial oldidan terma jamoamiz a'zosi Ixtiyor Ropiev bilan suhbatlashdik.

- Jahon chempionatiga tayyorgarligimizni yaxshi olib bordik, - deya so'z boshladi Ropiev. Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev yordamida mashg'ulotlarimiz kuniga 2 mahaldan olib borilmoqda. Umuman olganda, O'FAga ham minnatdorchilik biliramiz. Ular tomonidan bizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. O'rtoqlik uchrashuvlarida ham Ispaniya, Argentina, Portugaliya singari kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynadik. Bu orqali o'yin amaliyotimizni yanada oshirib oldik.

- O'zbekiston futzal terma jamoasi “B” guruhida Gvatemala, Rossiya va Mirsga qarshi o'tkazadi. Guruhdagi imkoniyatlarimiz borasida nima deya olasiz?

- Guruhimiz chakki emas. Bu yerda kim kamroq xato qilsa, o'sha tomon yutadi deb o'ylayman. Gvatemala bilan birinchi marotaba o'ynamoqdamiz. Ishonamanki, bu o'yinda g'alaba qozonishning uddasidan chiqa olamiz. Rossiya esa jahonning eng kuchli terma jamoasi hisoblanadi. Ularga qarshi munosib o'yin namoyish qilmoqchimiz. Misr bilan Tailandda bo'lgan musobaqada o'zaro o'ynaganmiz va ularni mag'lubiyatga uchrata olgan edik. Nima bo'lsa ham, har bir raqibni hurmat qilamiz va guruhda ijobiy natija uchun maydonga chiqamiz.

- Bu galgi mundialda kim g'oliblik uchun asosiy favorit?

- Mening fikrimcha, Braziliya, Argentina, Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari g'oliblik uchun asosiy da'vogarlar hisoblanadi.

- Mazkur JCHni ko'plab skautlar kuzatishadi. Turnirdan so'ng sizga xorij klublaridan taklif tushsa, buni qabul qilarmidingiz?

- Bu har bir futzalchining orzusi hisoblanadi. Agar taklif bo'lsa, oilam va murabbiylarim bilan maslahatlashib, buni o'ylab ko'ramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia