Futzal. Darvozabonlar murabbiylari uchun Level-1 xalqaro o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
25 dek 2017, 17:03
Bugun 25 dekabr kuni Toshkent shahridagi “O'zbekiston” mehmonxonasida futzal bo'yicha darvozabonlar murabbiylari uchun OFKning Level-1 xalqaro o'quv kurslari boshlandi.

Shuni ham alohida takidlash kerakki, bu kabi o'quv kurslari O'zbekiston futbol federatsiyasi tashabbusi bilan O'zbekistonda ilk marta tashkil etilmoqda. Level-1 xalqaro o'quv kurslarini tashkil etishdan asosiy maqsad yurtimizda yuqori saviyali darvozabonlarni tayyorlashdan iborat. Mazkur o'quv kurslari ishtirokchilar uchun bepul bo'lib, xarajatlar O'zbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan qoplanmoqda.  

Ushbu kurslarda jami 16 nafar murabbiylar ishtirok etmoqda. Eron mamlakatidan tashrif buyurgan OFK instruktori Maykl Petros murabbiylar bilan nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Mayl Petrosga futzal bo'yicha terma jamoamiz darvozaboni Rustam Umarov assistentlik qilmoqda.

O'quv kurslari 29 dekabrga qadar davom etadi. Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylarga OFK sertifikati va O'zbekiston futbol federatsiyasi licenziyasi taqdim qilinadi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com