Futzal. Bugun mavsum markaziy bahs bilan start oladi

Mirjalol Normatov
9 okt 2021, 13:25
Bugun O'zbekistonda futzalning 2021/22 yilgi mavsumi start oladi.

Dastlabki bahsda poytaxtning ikki jamoasi parketga chiqadi. Mavsum oldidan tarkibini kuchaytirgan O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi "Lokomotiv" hamda o'tgan yilgi tarkibning katta qismini ushlab qolgan "Bunyodkor" jamoalari ishtirokidagi bahs orqali yangi mavsumga start beriladi. Shuningdek, ikkinchi bahsda 1-tur o'yinlariga mezbonlik qilayotgan "Neftchi" hamda mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri AGMK o'zaro bahs olib boradi. Kunni "Nasaf" va "Huaxin-Jizzax" jamoalari ishtirokidagi bahs yakunlab beradi.


Farg'ona, "Samo" sport zali

15:00. "Lokomotiv" - "Bunyodkor"

17:30. AGMK - "Neftchi"

20:00. "Nasaf" - "Huaxin-Jizzax"


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia