Futzal. BMB Oliy liga 2022/23 yilgi mavsumiga yo'llanma oldi!

Sherzod Nurmatov
22 may 2022, 18:49
Bugun futzal bo'yicha Birinchi liga bahslarida mavsumning so'nggi o'yinlari o'tkazildi.

Birinchi liga. 5-tur

Uchinchi kun

"Qizilqum" – "Dizak" 5:3

Gollar:  Azizjon Shaharov (19, 28), Jamoliddin Egamov (26, 35), Alayor Sadirov (32) - Suhrobjon Aytboev (3), Jahongir Narzullaev (5), Nazarbek Usmonov (6)

BMB – Oil-Star 3:1

Gollar: Aziz Mamatov (8), Asli Muhammadiev (29), Sirojiddin Shokirov (34) - Sohib Narzullaev (15 pen)

Shunday qilib, 2021 yil dekabr oyida tashkil etilgan BMB futzal klubi 41 ochko to'plagan holda Oliy liga yo'llanmasini naqd qildi.

Oliy ligada 11-o'rinni egallagan "Dinamo" jamoasi esa Oliy liga yo'llanmasi uchun Birinchi ligada 2-pog'onadan joy olgan "Oil-Star" jamoasiga qarshi pley-off uchrashuvida ishtirok etadi.

Pley-off uchrashuvlari 26-28-may kunlari Jizzax shahrida bo'lib o'tadi. Pley-off biror jamoaning g'alabalari soni 2 taga etguniga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia