Futbolchilik faoliyatini tugatganidan keyin Riberi "Bavariya"da ishlaydi

Mirjalol Normatov
7 sen 2021, 01:45
Fransiyalik yarim himoyachi Frank Riberi futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin Germaniyada ish boshlaydi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, "Bavariya" 38 yoshli futbolchiga ish vada qilib qo'ygan. Hozircha uning qanday vazifani bajarishi aniq emas.

Riberi faoliyatining katta qismini "Bavariya"da o'tkazgan. U Germaniyaning 8 karra chempioni va YCHL g'olibi hisoblanadi.

U bugun "Salernitana" klubi bilan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe