

Quyida tajribali mutaxassisning nutqini e'tiboringizga havola etamiz.
"Futbolni ko'rayotgan odamlar soni tobora ortib bormoqda, lekin u jozibasini yo'qotib boryapti. O'yinni dunyodagi birinchi raqamli sportga aylantirgan narsa endi ustuvor emas. Agar siz odamlarga jozibali tomoshani taqdim qilmasangiz, futbolning ommalashuvi faqat biznesga foyda keltiradi. Chunki biznes uchun ko'rishlar soni kerak.
Muammo shundaki, bir necha yillardan so'ng e'tiborga loyiq futbolchilar kamayib boraveradi, o'yinlar esa chiroyini yo'qotib boradi. O'shanda mashhurlikning sun'iy portlashi tugaydi.
Futbol – 5 daqiqalik xaylayt emas. Bu – katta narsa. Bu – madaniyatning bir qismi, bu identifikaciya qilish usuli. Bazi urugvayliklar terma jamoa o'yinlarining faqat eng qiziq joylarini (haylaytlarni – tahr.) tomosha qilayotgan bo'lishsa, hayron bo'lmayman. Biroq bu xaylaytlar bir vaqtlar butun dunyo oshiq bo'lgan o'yinning mohiyati bilan umumiylikka ega emas.
O'ylaymanki, bizga taklif etilayotgan ssenariyga e'tibor bermaslik kerak – tortishuvlar, ayblovlar, kim aybdorligini aniqlash istagi futbol muhitini buzadi", – deya qayg'urib gapirdi Belsa.



