Furqat Esonboev - "Oq-tepa"ning yangi bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2014
Kecha “Oq-tepa” bazasida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda klub mutasaddi rahbarlari, murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar va futbolchilar ishtirok etdi. Dastlab “Oq-tepa” jamoasi prezidentining maslahatchisi G'anisher aka Shog'ulomov so'zga chiqib, futbolchilarga yangi bosh murabbiy Furqat Esonboevni tanishtirdi.

O'z navbatida Furqat Erkinovich ham futbolchilar bilan yaqindan tanishib, jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarish yo'lida jiddiy tarzda ishlashga kelishib olishdi. Aytish kerak, yangi bosh murabbiyga hozircha Farhod Abdurasulov yordam beradi. Tez orada klubda yordamchi murabbiy ham ish boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz