

"Fulxem" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominey bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

"Dachaliklar" allaqachon "Manchester Yunayted"ga 20 mln funtlik ikkinchi taklif bilan chiqishgan. Bu rad etilishi kutilmoqda. Mankunianlar futbolchini 30 mlnga baholamoqda.
Maktominey "Yunayted" tarbiyalanuvchisi sanaladi. 27 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.



