"Fulxem" - "Liverpul" o'yini qoldirilishi mumkin

11 fev 2014, 10:53
Ertaga bo'lib o'tishi kutilayotgan "Fulxem" - "Liverpul" bahsi London metrosi ishchilarining ish tashlashi tufayli qoldirilish mumkin, deb xabar beradi "Fulxem" klubi rasmiy sayti.

London klubi mazkur muammoni bartaraf etish va stadionga keldagan muxlis va klub ishchilarining o'z vaqtida yetib olishlarini taminlash uchun, mahallih hukumat vakillari bilan muzokara olib borayapti. O'yin borasida so'nggi qaror bugun chiqariladi.


Manba: football.kulichki.net