Frimpong "Bayer"dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Futbolchiga "Real" qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025, 17:25
"Bayer" klubi qanot himoyachisi Jeremi Frimpong yozda klubni tark etmoqchi.

Qayd etilishicha, futbolchi faoliyatida "navbatdagi qadam"ni qo'ymoqchi. Ehtimoliy transfer summasi 40 mln evroga baholanmoqda. Avvalroq, OAVda futbolchining xizmatlariga "Real", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Frimpongning "Bayer" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Niderlandiyalik joriy mavsum leverkuzenliklar safida Bundesligada 26ta o'yin o'tkazib, ularda 4 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal