Fransesk Fabregas: "Neymar menga Kroyffni eslatyapti"

22 yanv 2014, 23:43
"Barselona" yarim himoyachisi Sesk Fabregas o'z jamoadoshi Neymarning o'yinlari haqida to'xtalib o'tdi.

"Neymar menga Yoxan Kroyffni eslatyapti. Men uning o'yinini hayotda umuman ko'rmaganman. Lekin shuni bilamanki, u o'z o'yini tempini aql bovar qilmas darajada o'zgartira olardi. Neymar ham huddi shunday.

U qo'qqisdan start oladi, kutilmaganda to'xtaydi, keyin esa ishonish qiyin bo'lgan darajada yuqori tezlik bilan oldinga otiladi.

Shuni ham aytishim mumkinki, u mashinani ham huddi shunday tarzda boshqaradi", dedi Fabregas.


Manba: sports.ru