Fransiyaning Evro-2016 uchun yakuniy tarkibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2016, 10:25
Fransiya terma jamoasining Yevropa chempionati uchun yakuniy tarkibi ma'lum bo'ldi.

Jarohat tufayli Jeremi Mate (Barselona) va Rafael Varan (Real). Ularning o'rniga Samyuel Umtiti (Lion) va Odil Rami (Sevilya) kabi futbolchilar chaqiruv olishdi.

Darvozabonlar: Ugo Loris (Tottenxem), Stiv Mandanda (Marsel), Benua Kostil (Renn).

Himoyachilar: Lyuka Din (Roma), Patris Evra (Yuventus), Loran Koselni (Arsenal), Kristof Jalle, Samyuel Umtiti (ikkisi – Lion), Odil Rami (Sevilya), Bakari Sanya, Eliakim Mangalya (ikkisi – Manchester Siti).

Yarim himoyachisi: Yoan Kabay (Kristal Pelas), Lassana Diarra (Marsel), Blez Matyuidi (PSJ), Pol Pogba (Yuventus), Ngolo Kante (Lester), Mussa Sissoko (Nyukasl).

Hujumchisi: Andre-Per Jinyak (Tigres), Dimitri Paye (Vest Xem), Olive Jiru (Arsenal), Antuan Grizmann (Atletiko), Kingsli Koman (Bavariya), Antoni Marsyal (Manchester Yunayted).

Guruh bosqichida Evro-2016da Fransiya Ruminiya, Albaniya va Shveytsariya raqiblik qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/UEFAEURO