Fransiyada Liga 1'ning nomi o'zgardi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2019
Fransiya professional futbol ligasi yangi homiy - ovqatlar etkazib beruvchi "Uber Eats" bilan shartnoma imzoladi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, ushbu hamkorlik orqali tashkilot 2 yilda 16 million evro foyda oladi. Shu orqali Fransiya 1-Divizionining keyingi ikki yillikdagi nomi "Ligue 1 Uber Eats" ko'rinishi kabi o'zgaradi.

Bunga qadar liganing nomiga "Conforama" (uy jixozlari uchun do'konlar) qo'shimchasi qo'shilayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe