

Fransiya chempionatini eng pastki o'rinda tugatgan va quyi ligaga tushib ketgan "Bastiya" futbolchilari o'tgan mavsumda 14 marotaba qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan.
Undan keyingi pog'onada esa Italiya A Seriyasi vakili "Milan" jamoasi bo'ldi. Milanliklar o'tgan mavsumda 12 bor qizil kartochka bilan siylanishgan.

Yevropa kuchli-beshligida esa o'tgan mavsumda umuman qizil kartochka olmagan jamoalar ham bor.
Italiyadan "Yuventus", Germaniyadan "Bavariya", Angliyadan "Chelsi", "Tottenxem", "Liverpul", "Kristal Pelas" hamda "Suonsi".



