

Termadagi faoliyatini yakunlagan Loris jamoa sardori ham hisoblanardi. L'Equipe manbasiga ko'ra, francuzlar ustozi Dide Desham sardor bog'ichini Kilian Mbappega ishonib topshirgan. 24 yoshli Mbappe 24 mart kuni Evro-2024 saralashi 1-turi doirasida Niderlandiyaga qarshi o'yinda Fransiya TJni sardor sifatida boshlab tushishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kilian 2017 yildan beri terma jamoa sharafini himoya qilib keladi. U milliy libosda 66 bahsda qatnashib, 36 ta to'p kiritgan.



