Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi jarohat oldi

Alisher
9 iyun 2024, 15:50
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabo Evro-2024ning ilk o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

29 yoshli Rabo mushak jarohati sabab kechagi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi, ammo bu jiddiy emas. Shu bilan birga, uning ilk o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi Evro-2024ni Avstriyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L’Equipe