Fransiya terma jamoasi qatorasiga besh o'yindan buyon g'alabaga erisha olmayapti

5 sen 2021, 07:12
Fransiya terma jamoasining barcha turnirlardagi g'alabasiz seriyasi besh uchrashuvga etdi.

Francuzlarning mazkur seriyasi Evro-2020 guruh bosqichidan boshlangan edi. O'shanda ular Vengriya (1:1) va Portgualiya (2:2) bilan durangga imzo chekib,   1/8 finalda Shveytsariyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishgandi (3:3, 4:5 pen).

1 sentyabr kuni Dide Desham jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Bosniya va Gercogovina qarshiligini (1:1) enga olmagan bo'lsa, oradan uch kuni o'tib Ukraina (1:1) bilan murosa ko'chasini tanlashga majbur bo'ldi.

Fransiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi D guruhida 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Uch ranglilar navbatdagi uchrashuvni 7 sentyabr kuni Finlyandiyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com