Fransiya prezidenti Drogba va Azar bilan bir jamoada futbol o'ynab, penaltidan gol urdi

Оқил Абдубарноев
25 apr 2024, 23:37
Mazkur uchrashuvdan tushgan mablag' xayr-ehson ishlariga yo'naltiriladi.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron xayriya uchrashuvida maydonga tushdi. Ivelin shahrida bo'lib o'tgan bahsda davlat rahbari to'p tepayotgan jamoa 5:3 hisobida g'alaba qozondi. Gollardan birini prezident penaltidan urdi.

Makron 3-raqamli oq libosda harakat qilib, Dide Desham, Dide Drogba, Kristian Karambyo, Eden Azar kabi sobiq futbolchilar bilan bir jamoada to'p tepdi.


Mazkur uchrashuvdan tushgan mablag' xayr-ehson ishlariga yo'naltiriladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: 20minutes