Fransiya. Pochettinoning debyut o'yinida PSJ qoniqarsiz natija qayd etdi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2021, 02:58
Fransiya chempionatining 18-turida PSJ safarda "Sent-Eten"ni mag'lub eta olmadi.

Qayd etish kerak, bu o'yin Maurisio Pochettino uchun PSJ boshqaruvidagi debyut bahs edi.

Sent-Eten – PSJ 1:1

"Joffrua-Gishar"

Gollar: 1:0 – 19 Amuma, 1:1 – 22 Kin.

Sent-Eten – Mulen, Mukudi, Kolodzeychak, Debyushi, Recos, Amuma (Mueffek, 83), Yussuf (Abi, 83), Monne-Pake (Budebuz, 63), Norden (Aushish, 83), Buanga (Sissoko, 88), Gurna-Duat.

PSJ – Navas, Bakker, Markinos, Dagba (Pembele, 63), Kerer, Guye (Draksler, 63), Verratti, Errera, Di Mariya (Sarabiya, 84), Mbappe, Kin.

Ogohlantirish: Recos (77), Draksler (83).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia