Fransiya kubogi. “Lion” keyingi bosqichga yo'l oldi

6 yanv 2019, 07:35
Fransiya kubogining 1/32 final bosqichida mamlakat beshinchi divizionida ishtirok etuvchi “Burj Fut” klubi o'z maydonida “Lion” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv mehmonlarning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. Bellashuvning 59-daqiqasida Marten Tere hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Mendi yakuniy hisobni o'rnatdi -0:2.

Shu tarika “Lion” musobaqaning 1/16 final bosqichiga yo'l oldi. 

Fransiya kubogining amaldagi sohibi PSJ hisoblanadi. Parijliklar ushbu turnirning so'nggi to'rttasida ketma-ket g'olib chiqib, kubokni qo'lga kiritish borasida (12 marta) Fransiyada yakka peshqadam hisoblanishadi. “Lion” esa o'z tarixida besh marta mamlakat kubogida g'olib chiqqan.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia