Fransiya futbol federatsiyasi Mbappening ahvoli haqida rasmiy bayonot berdi

Khoja
18 iyun 2024
Fransiya futbol federatsiyasi terma jamoa sardori Kilian Mbappening jarohati borasida rasmiy bayonot berdi.

Dyusseldorfda bo'lib o'tgan Avstriya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning ikkinchi qismida Kilian Mbappe burnini sindirib oldi. Fransiya terma jamoasi sardoriga birinchi bo'lib tibbiyot xodimlari va doktor Frank Le Gall yordam ko'rsatib, unga burun sinishi tashxisini qo'ydi. Mbappe bir-ikki kun davomida davolanadi, biroq u yaqin orada operaciya qilinmaydi. U musobaqa davomida maxsus niqobda harakat qiladi, -deb bayonot berilgan FFF matbuot xizmati tomonidan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com