France Football o'quvchilari Ramosni futbol tarixidagi eng kuchli himoyachi deb topishdi

Alisher
26 okt 2020, 13:10
Fransiyaning France Football nashri o'quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.

Muxlislardan "Real" himoyachisi Serxio Ramosni hozirdanoq tarixdagi eng yaxshi himoyachi deb nomlasa bo'ladimi" manosidagi savol so'raldi. O'quvchilarning 67%i bu savolga "ha" deb javob berishdi.

Ispaniyalik futbolchining o'zi francuz nashrining ushbu so'rovnomasiga tvittyerda munosabat bildirdi: "France Football shunday savol berayotgani meni g'ururlantiradi", - deb yozgan Serxio.

Ramos La Ligadagi himoyachilar orasida eng yaxshi to'purar hisoblanadi - uning hisobida 100ta gol bor. 34 yoshli futbolchi "Real" bilan 22ta sovrin yutgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: France Football