Fozil Musaev to'liq o'ynadi, "Al Muayzir" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 17:56
Qatar yulduzlar ligasida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepayotgan "Al Muayzir" klubi safarda "Lahviya"ga qarshi maydonga tushdi. O'yinda "Lahviya" yirik g'alabaga erishdi - 5:1. Uchrashuvda Fozil Musaev to'liq o'ynadi. "Muayzir" 5ta turdan so'ng 4 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.

"Lahviya" - "Al Muayzir" 5:1
Gollar:
Budiaf 7, Madibo 17 avtogol, Soriya 41, 59 penalti, Nosir Al Xalfan 89 - Ayman Abdulla Adam 79.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia