Fozil Musaev to'liq o'ynab sariq kartochka oldi, jamoasi mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2014, 12:50
Kecha Qatar yulduzlar ligasida 16-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepayotgan "Al Muayzir" klubi safarda "Al Ahli"ga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bahsda to'liq o'ynagan Musaev 66-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirilgan. "Al Muayzir" 16ta o'yindan 11 ochko to'plab musobaqa jadvalining 14-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 28 yanvar kuni o'z uyida "Al Vakra" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


"Al Ahli" - "Al Muayzir" 3:0
Gollar
: M.Abdulla 5, D.Kaluyituka 31, 83.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia