Bilamizki, har bir o'yinchi legioner sifatida chet elda o'ynashni istaydi. Iqtidorli o'yinchilarimizdan biri Fozil Musaev ham niyati amaga oshib Qatar chempionatiga ko'chib o'tgandi. U yerda o'tgan yildan beri “Al Muayzir” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi. Biroq yaqinda futbolchi klub bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilib Toshkentga qaytib keldi. Fursatdan foydalangan holda uning o'zi bilan bog'lanib vaziyatga oydinlik kiritdik.
- Qatardagi faoliyatingizni yakunlashingizga nima turtki bo'ldi?
- Shartnomani bekor qilishimga klub tomonidan etarlicha sharoit yaratib berilmaganligi, oxirgi paytlarda mag'lubiyatlar ko'payib ketganligi sabab bo'ldi. Shartnomada ko'rsatilgan bazi sharoitlarni menga havola qila olmadilar. Baribir jamoaning mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgani, oxirgi o'ringa tushib ketgani ruhiyatimga salbiy ta’sir qilishni boshladi.
- Darhaqiqat “Al Muayzir”ni kuzatib borganimizda jamoa tinmasdan yutqazmoqda. Aslida, nima bo'ldi?
- E'tibor bergan bo'lsangiz, klub o'zgarish qilish maqsadida ikki-uchta legionerlarni ham almashtirdi. Shundan keyin ham jamoa o'yinida o'zgarish sezilmadi va ketma-ket mag'lubiyatlarga uchrashda davom etaverdik. Ochig'ini aytsam, “Al Muayzir” Qatar yulduzlar ligasida ishtirok etish uchun to'liq shakllanmagan. Mahalliy futbolchilarga nazar tashlasak, ikki-uchta o'yinchidan tashqari qolganlarida to'p surish tajribasi deyarli yo'q. Oddiy vaziyatlarda ham kulguli xatolarga yo'l qo'yishadi. Keyin esa jamoa o'ziga kela olmasdan o'yinni boy beradi. Qolaversa, birin-ketin mag'lubiyatlar bo'lavergach, hech bir futbolchining o'yini qovushmadi.
- Keyinchalik faoliyatingizni ushbu klubda davom ettirganingiz tufayli afsuslanmadingizmi?
- Yo'q, afsuslanmadim. Nima bo'lganda ham xorij futbolini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Bu narsa hayotimda muhim ahamiyatga ega edi. Keyinchalik yana chetga chiqmoqchi bo'lsam, bu borada menda endi etarlicha tasavvur bo'ladi. Legioner sifatida to'p surib hayotiy tajriba ham oldim.
- “Al Muayzir” bilan oxirida qanday xayrlashdingiz?
- Hech qanaqa muammo bo'lgani yo'q. Bir necha bor klub prezidenti va uning yonidagi insonlar bilan gaplashganimda ham bunday sharoitda o'ynay olmasligimni ularga aytdim. To'g'risi, bunday sharoitda to'p surish va bunday mag'lubiyatlar menga qattiq ta’sir qilayotgandi. Shularni rahbariyatga alohida ta'kidladim. Xullas, ular bilan kelishgan holatda shartnomani bekor qilishga qaror qildik. Ikkala tomon ham bir-birimizni to'g'ri tushunib xayrlashdik. Shu sababdan o'rtamizda muammo kelib chiqqani yo'q.
- Bungacha Qatarda to'p surgan Jasur Hasanov va Shavkat Mullajonov bir muncha muvaffaqiyatli faoliyat olib borishgandi. Shulardan kelib chiqqan holda sizning ham u yerdagi faoliyatingiz omadli bo'lishini kutgandik.
- Har bir o'yinchi yangi jamoaga qo'shilsa albatta yaxshi maqsadlar uchun harakat qiladi. Lekin men tinimsiz mag'lubiyatlarga sira ham ko'nika olmadim. Uning ustiga boya aytganimdek, klub shartnomada ko'rsatilgan ayrim bandlarni bajarmadi. Aslida men ham bu erga katta maqsadlar bilan kelgandim. Agar hammasi binoyidek bo'lganida klubdan ketmagan bo'lardim.
- Jamoadagi muhit yaxshimidi?
- Oxirgi paytlarda muhit o'zgarib qolgandi. Mag'lubiyatlar tufayli muhit asta-sekin yomonlashib borayotgandi.
- “Al Muayzir”ni tark etganingizdan keyin Qatarning o'zidan boshqa takliflar bo'lmadimi?
- Transfer oynasi yopiladigan 31 dekabr kuni klub bilan barcha masalani hal qilib olgandik. Shuning uchun menda boshqa klubga o'tish imkoniyati yo'q edi.
- Siz endi erkin agent futbolchi maqomiga ega bo'ldingiz. Bundan keyingi faoliyatingizni qayerda davom ettirishingiz hammani qiziqtiryapti?
- Ochig'i, bu borada hozir bir narsa deya olmayman. Xorijda o'ynash uchun transfer oynasi yopilgani sababli buning ilojisi yo'q deb o'ylayman. Shuning uchun faoliyatimni o'zimizda davom ettirsam kerak. Faqat yozdagina xorijga chiqish imkoniyati bo'ladi. Ungacha oliy ligada to'p sursam kerak.
- Umuman olganda, Qatardagi faoliyatingizdan qanday taassurotlar qoldi?
- Bilasiz, Qatarda kuchli legionerlar to'p surishadi. Shunga qarab u yerda o'zimga yarasha yangi qirralarni oldim deb o'ylayman. Yetakchi jamoa va kuchli o'yinchilarga qarshi to'p surib keyinchalik faoliyatimda asqotadigan narsalarni o'zlashtirdim.
- Qatardagi muvaffaqiyatsiz faoliyatingiz davomida yodda qoladigan o'yinlar ham bo'ldimi?
- “Al Rayyan”, “Al Xurriyat”, “Al Xor” kabi jamoalarga qarshi o'yinlarni aytishim mumkin. Yutayotgan o'yinlarimizda yutqazib qo'yganimiz chakki bo'ldi.
- Qatarda to'p surishning salbiy va ijobiy tomonlari nimalardan iborat?
- Bu yerda futbol o'ynash uchun shart-sharoitlar juda yaxshi. U yerda kuchli legionerlar bor. Ularga qarshi to'p surish hamda jamoadosh sifatida o'ynashni hamma orzu qiladi. Har bir klubda o'ziga yarasha nomdor legionerlar bor. Har bir futbolchi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirsa bu uning keyingi hayotida albatta ijobiy ta’sir qiladi.
- Demak, sizga salbiy tomonlari ko'rinmadimi?
- O'ziga yarasha salbiy tomonlari bor, ammo buni ommaga oshkor qila olmayman. Qatarda o'ynashning faqat ijobiy tomonlari bor deya olmayman.
- Qatarga “Bunyodkor” orqali ketgandingiz. Balki yana sobiq jamoangizga qaytish haqida o'ylayotgandirsiz?
- Bu haqida hozir hech nima ayta olmayman. Shu haftada hammasi hal bo'ladi deb o'ylayman.
FIRDAVSXON suhbatlashdi.