

3 haftalik tanaffusdan so'ng futbolchilar jamoaning "Chetuk"dagi bazasida jam bo'ldilar. Evro-2016da ishtirok etayotgan jamoaning 6 nafar a'zosi keyinroq klub ixtiyoriga kelib qo'shiladilar. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar beradi.
13-14 iyun kunlari futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tdilar. Shundan so'ng ikki mahallik mashg'ulotlar boshlab yuborildi. Jamoaning Krasnodardagi mashg'ulotlari 2 iyulga qadar davom etadi. Uch kunlik tanaffusdan keyin, "buqalar" 5 iyul kuni Avstriyaga uchadilar. Unga qadar, Rossiya ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan uchta jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilinadi. Hozircha ikkita raqib aniq. Bular, Rostova-na-Donuning SKA jamoasi (24 iyun), ikkinchisi Afips (28 iyun).










