FOTOMAQOLA. "Paxtakor" "Nasaf"ni qay tarzda mag'lub etdi?

Tolibjon Qosimov
20 iyun 2017, 15:22
Kecha oliy liga 14-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi.

Uchrashuv Jasur Abduraimov boshchiligidagi "sherlar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Quyida kechagi o'yindan fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz.

"Paxtakor" klubi prezidenti Bobur Shodiev va jamoaning bo'lajak bosh murabbiyi Shota Arveladze.

"Nasaf"ning boshlang'ich tarkibi.

"Paxtakor"ning boshlang'ich tarkibi.

Kecha poytaxtliklar hujumchisi Igor Sergeev o'zining mavsumdagi ikkinchi golini kiritdi.

Sherzod Karimovdan esa shedevr guvohi bo'ldik.

Standart vaziyatlarda to'pni yutish uchun kurash doim keskin kechadi.

Kurashlarning yakuni mana shunday ko'rinish ham oladi.


Doniyor Narzullaev va Suhrob Nurullaev to'p uchun havoda kurash olib bormoqda.

Fotoshopda ishlanmagan real kadr.

Farruh Sayfiev boy berilgan imkoniyatdan afsuslanayapti.

Biroz o'tib Farruh to'pni Aleksandr Lobanovning ustidan oshirib gol urdi va hisobni qisqartirdi.


"Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTO


Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia