Kecha Abramov boshchiligidagi jamoa ushbu yig'in davomidagi birinchi o'rtoqlik-nazorat ucharshuvini o'tkazdi. Raqib maxalliy Dubay Siti klubi bo'ldi.
Uchrashuv temiryo'lchilarning to'liq ustunligida o'tdi. Dastlabki gol Salim Mustafoev hisobiga yozilgan bo'lsa, birinchi bo'limdagi qolgan ikki golni Farhod Tojiev kiritdi. Ikkinchi bo'limda boshqa tarkib bilan tushgan Loko yana 4 ta marta raqib darvozasini nishonga oldi. Gollarga Vyacheslav Shevchenko, Bobur Tillaboev, Aleksandr Shadrin va kichik Jasur Hasanovlar mualliflik qilishdi. Shu tariqa birinchi nazorat o'yini 7:0 hisobida jamoamizning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

Lokomotiv - Dubay Siti 7:0. Jebel Ali stadioni.
Gollar: S.Mustafoev, F.Tojiev(2 ta), V.Shevchenko, B.Tillaboev, A.Shadrin, J.Hasanov (kich).
Lokomotiv 1 bo'lim: I.Nesterov, S.Mustafoev, I.To'xtaxo'jaev, V.Karpenko, B.Yo'ldoshev, L.To'raev, F.Musaev, I.Rahimov, J.Hasanov (kat), F.Tojiev, I.Nagaev
Lokomotiv 2 bo'lim: I.Nesterov, S.Mirzaev, D.Jabborov, E.Gogol, I.Inomov, A.Holmatov, F.Musaev, A.Kojokar, J.Hasanov (kich), A.Shadrin, V.Shevchenko.