Fortes: "Ikkinchi bo'lim va ekstra taymlarda bir butun jamoa bo'lib harakat qildik"

Alisher
8 apr 2021, 10:45
Kecha AGMK "Al Garafa" (1:0)ni qo'shimcha taymlarning so'nggi daqiqalarida mag'lub etgan holda OCHL guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Bahsdan so'ng olmaliqliklarning niderlandiyalik o'yinchisi Elvin Fortes o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- O'yin haqida fikringiz? 

- Juda ajoyib va yuqori darajadagi o'yin. Birinchi bo'limda bog'lamlarda biroz kamchiliklar bo'ldi. Ammo, ikkinchi bo'lim va ekstra taymlarda bir butun jamoa bo'lib harakat qildik. Shu tufayli ham kerakli natijaga erishdik. 

- OCHL gurux bosqichida jamoangiz qanday harakat qiladi? 

- Biz har doim oxirigacha kurashamiz, bu bizning ishimiz. Kelajakda bundanda kattaroq natijalarga erishishimiz lozim.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia