Forbes talqiniga ko'ra dunyoning eng qimmat klubi nomi ma'lum

Alisher
27 may 2024, 00:34
Ispaniyaning "Real" klubi Forbes nashri talqiniga ko'ra dunyoning eng qimmat klubi deb topildi.

Klub narxi 6,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. Ikkinchi o'rinni "Real"dan 50 mln dollarga arzon bo'lgan "Manchester Yunayted" egallab turibdi. Uchlikni "Barselona" 5,6 milliard dollar bilan yakunlagan.

Forbes ro'yxatidagi ilk o'nlikdan "Liverpul", "Manchester Siti", "Bavariya", PSJ, "Tottenxem", "Chelsi" va "Arsenal" o'rin egallagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Forbes