Foden oyog'idagi jarohat sabab bir oyga safdan chiqdi. "Siti" xavbeki "Tottenxem" va "Arsenal"ga qarshi o'ynamaydi

Alisher
9 avg 2021, 12:00
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden jarohat sabab kamida bir oy maydonga tusha olmaydi.

21 yoshli futbolchi Italiyaga qarshi Evro-2020 final uchrashuvi oldidan o'tkazilgan mashg'ulotda oyog'iga ortiqga yuklama olgan, ammo jarohat kutilganidan jiddiy bo'lib chiqdi.

Shunday ekan, Foden APL doirasidagi "Tottenxem", "Norvich" va "Arsenal", shuningdek JCH-2022 saralashi doirasidagi Vengriya, Andorra va Polshaga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk