Florentino Peres: Ronaldu bilan bog'liq vaziyatda nima bo'lganini bilmayman, barchasi g'alati

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2017, 07:50
Real prezidenti Florentino Peres Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.

Hali Krishtianu bilan gaplashganim yo'q. So'nggi paytlarda prezidentlik sayloviga e'tibor qaratdim.

Bularning barini gazetalardan bildim. Hozircha yakuniy qaror yo'q. Krishtianuning klub bilan shartnomasi bor, shu bois u Real futbolchisi. U bilan gaplashib ko'ramiz.

Hozir Krishtianu muhim musobaqada ishtirok etmoqda. Uni chalg'itmoqchi emasman, bu vaziyatda nima bo'lganini bilmayman, ammo bari g'alati.

Krishtianu – yaxshi yigit va haqiqiy professional. U bilan gaplashib olganimda barchasi aniq bo'ladi.

Ronaldu soliqlarni to'lamasligiga hech qanday sabab yo'q, – deydi Peres.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com