Florentino Peres: “Ronaldu baxtiyor bo'lishda davom etadi. Uning shartnomasi bor”

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2018, 08:49
“Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'yindan keyingi fikrlariga munosabat bildirdi.

“Dunyodagi har bir insonda gapirish huquqi bor. Hozir muhimi – jamoa, shunday quvonchli kunlarda tarixiy g'alabani nishonlash kerak. Krishtianu YCHLning beshinchi kubogini olganidan xursandman. Menda ham shunday kuboklardan 5ta! 

Ronaldu bundan keyin ham baxtiyor bo'ladi. Chunki, uning klub bilan amaldagi shartnomasi bor”, – dedi Peres.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif