Florentino Peres "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogi haqida nima dedi?

Aslanov Jasurbek
9 avg 2017, 14:30
"Real" prezidenti Florentino Peres "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan ikki uchrashuvlik Ispaniya Superkubogi o'yinlari haqida fikr bildirdi.

Birinchi uchrashuv 13 avgust, ikkinchisi esa - 17 avgust kuni bo'lib o'tadi.

"Barselona" ajoyib jamoa. Bizni ikki qiyin bahs kutib turibdi. Ularni "Manchester Yunayted"ni taslim etganimiz kabi mag'lub etishga harakat qilamiz" - deydi Peres.

Kecha "Real" UEFA Superkubogida "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ispaniya Superkubogi uchun birinchi bahs Barselonada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca